AsosiyJamiyat

Interpol katta miqdorda firibgarlik sodir etgan jinoyatchini Managuadan Toshkentga olib keldi

'Interpol katta miqdorda firibgarlik sodir etgan jinoyatchini Managuadan Toshkentga olib keldi'ning rasmi

O`zbekiston Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari katta miqdorda firibgarlik sodir etgan jinoyatchini Managuadan Toshkentga olib kelishdi. Bu haqda IIV xabar berdi.

Qayd etilishicha, vaqtdagi katta farq va bir qator sabablarni hisobga olib, jinoyatchini tranzit qilish va o`tkazish bo`yicha barcha tartiblar Bosh kotibiyatning Qo`mondonlik va muvofiqlashtirish markazi hamda O`zbekistonda Interpolning milliy markaziy byurosi tomonidan muvofiqlashtirildi.

Gumonlanuvchi boshqa qit`ada yashirinib, yana jinoiy faoliyat – noqonuniy migrasiya, xorijiy fuqarolarni Lotin Amerikasi davlatlari orqali AQShga o`tkazish bilan shug`ullangan.

Biroq barcha jalb qilingan xizmatlarni birlashtirish va hamkorlikdagi sa`y-harakatlar tufayli gumondor qo`lga olindi. Tezkorlik bilan ma`lumot almashish natijasida firibgarni sudga tortish va munosib jazo belgilash uchun O`zbekistonga ekstradisiya qilish va o`tkazish to`g`risida qaror qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar