Joriy yilning 6–8 sentyabr kunlari fizika, matematika va muhandislik sohalaridagi yangiliklarni mahalliy va xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda muhokama qilish imkonini beruvchi 10-xalqaro “Diffusion Fundamentals” ilmiy konferensiyasi o`tkaziladi.
➖Konferensiyada Buyuk Britaniyaning University College London universitetidan (22-o`rin) Dr.Marc-Olivier Coppens,
➖AQShning Chikago universitetidan (13-o`rin) Dr.Steven Durlauf,
➖AQShning Kornel universitetidan (20-o`rin) Dr. Lawrence E.Blume hamda Germaniya, Fransiya va Avstriya kabi davlatlarning nufuzli universitetlaridan 25 nafar olim va professor-o`qituvchilar taqdimot o`tkazishadi.
Konferensiya tarixiga nazar tashlasak bu konferensiya Germaniya, AQSh va Polsha kabi davlatlarda 2005-yildan beri o`tkazilib kelinayotgan bo`lib, Markaziy Osiyoda birinchi marta o`tkazilmoqda.
Konferensiyada ishtirok etish uchun ro`yxatdan o`tishingiz kerak bo`ladi kerak bo`ladi.






