Bugun respublika bo`yicha ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25-30° bo`ladi.
Poytaxtimizda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26-28° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° bo`ladi.
30.08.2023 08:06
Bugun respublika bo`ylab yomg`irli ob-havo kuzatiladi






