AsosiyJamiyat

Elektr energiyasidagi ehtimoliy uzilishlar oldini olish uchun tibbiyot muassasalarning tayyorgarlik holati qanday?

'Elektr energiyasidagi ehtimoliy uzilishlar oldini olish uchun tibbiyot muassasalarning tayyorgarlik holati qanday?'ning rasmi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi kunu tun aholiga tibbiy xizmat ko`rsatishga mo`ljallangan.  

Bu erga kuniga yuzlab og`ir ahvoldagi bemorlar olib kelinadi. Shifokorlar avtohalokatga uchragan, infarkt, insultga chalingan, jiddiy jarohatlar olgan yurtdoshlarimiz hayotini saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi.  

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida esa ba`zi amaliyotlar 10 soatgacha davom etishi mumkin.  

️Buyrak transplantasiyasini amalga oshirishda ham bemor, ham donorni bir paytning o`zida jarrohlik stoliga yotqizishga to`g`ri keladi.  

Shu sababli bu erlarda elektr energiyasi ta`minoti uzluksiz bo`lishi kerak. Tibbiy texnologiya va uskunalar har soniyada shay holatda bo`lmog`i shart.  

Xo`sh, ehtimoliy uzilishlar oldini olish uchun muassasalarning tayyorgarlik holati qanday?

SSV Matbuot xizmati bu yo`nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida ushbu markazlarda bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar