AsosiyDunyo

Yaponiya vaziri o`z tizimidagi muammo sabab uch oylik maoshidan voz kechmoqchi

'Yaponiya vaziri o`z tizimidagi muammo sabab uch oylik maoshidan voz kechmoqchi'ning rasmi

Yaponiya raqamlashtirish vaziri Taro Kono g`ayriodatiy qarorga keldi. Yagona davlat guvohnomasi sanalgan plastik kartalar joriy etilishi kechikkanida o`zini aybdor his etgan vazir uch oylik maoshini qaytarib berishga va`da berdi.

“Kunchiqar yurt” raqamlashtirish vazirining yillik maoshi — 29,4 mln iena atrofida (taxminan $203 ming).

Yaponiyada yagona raqamli guvohnoma loyihasi 2016 yilda boshlangan. Ushbu hujjat davlat tibbiyot sug`urtasi va haydovchilik guvohnomasi bilan birlashtirilishi rejalashtirilgan. Loyihaning kechikishi va shaxsiy ma`lumotlarning chiqib ketgani odamlarning noroziligiga sabab bo`lgandi.

    Boshqa yangiliklar