2023-2024 o`quv yili uchun davlat oliy ta`lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo`yicha elektron tizim orqali onlayn ro`yxatdan o`tgan 20 054 nafar fuqaroning arizalari to`liq ko`rib chiqildi. Bu haqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi xabar berdi.
Unga ko`ra, ro`yxatdan o`tgan talabgorlardan 9 ming 74 nafarining hujjati belgilangan talab darajasida bo`lmaganligi sababli asoslantirilgan holda rad etildi. Talab darajasida bo`lgan 10 980 nafar talabgor esa tanlovda ishtirok etdi. So`nggi natijalarga ko`ra, ulardan 6 ming 393 nafar talabgor o`qishga tavsiya etildi. Shundan:
• davlat granti — 3 238 nafar;
• to`lov-kontrakt — 3 155 nafar.
Talabgorlar natijalarni rasmiy elektron tizim orqali shaxsiy kabinetidan bilishi mumkin.






