AsosiyJamiyat

Gruziya elchisi O`zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi

'Gruziya elchisi O`zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi'ning rasmi

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun mamlakatimizdagi diplomatik  missiyasini  yakunlayotgan Gruziya elchisi Zurab Abdushelishvilini qabul qildi.

"O`zbekistondagi  diplomatik  missiyasini  yakunlayotgan Gruziya Elchisi Zurab Abdushelishvili janoblari bilan uchrashdik, - deb yozdi  O`zbekiston TIV rahbari o`zining telegram kanalida. –Janob elchiga  ikki tomonlama aloqalarimizga aniq  natijalar bilan qo`shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz  hamda tariximiz, madaniyatimiz va adabiyotimizga bo`lgan samimiy qiziqishini yuksak qadrlaymiz".

Eslatib o`tamiz, Zurab Abdushelishvili 2019 yil may oyida ishonch yorliqlari nusxalarini TIVda topshirgan edi. U elchi Konstantin Jgentining o`rniga tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar