AsosiyDunyo

"Barbi" filmi "Garri Potter"dan o`zib ketdi

'"Barbi" filmi "Garri Potter"dan o`zib ketdi'ning rasmi

O`tgan hafta yakuniga ko`ra, “Barbi” filmi AQShda yana 18,2 million dollar ishlab, o`z mintaqasida 594 million dollar miqdorida mablag` yig`di. Shimoliy Amerikadan tashqarida esa film kassasi 745 million dollardan oshdi. Kinokartinaning umumiy mablag`i 1,34 milliard dollarni tashkil etdi.

Shu tariqa “Barbi” “Warner Bros” tarixidagi eng ko`p daromad keltirgan filmga aylandi. “Garri Potter va Ajal tuhfalari: 2-qism” bu reytingni 12 yildan beri 1,31 milliard dollar natija bilan ushlab turgan edi.

“Warner Bros” tarixidagi eng ko`p daromad keltirgan filmlarni eslatib o`tamiz:

-"Barbi" (2023) – 1,34 milliard dollar;

-"Garri Potter va Ajal tuhfalari": 2-qism (2011) – 1,31 milliard dollar;

-"Akvamen" (Suv o`g`loni) (2018) – 1,14 milliard dollar;

-"Qora risar: Afsonaning tug`ilishi" (2012) – 1,08 milliard dollar;

-"Joker" (2019) – 1,06 milliard dollar;

-"Hobbit: Kutilmagan sayohat" (2012) – 1,01 milliard dollar;

-"Qora risar" (2008) - 998 million dollar;

-"Garri Potter va falsafa toshi" (2001) – 965 million dollar;

-"Hobbit 2: Smaug vayronasi" (2013) – 959 million dollar;

-"Garri Potter va Ajal tuhfalari": 1-qism (2010) – 951 million dollar.

    Boshqa yangiliklar