AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`iston Respublikasi adliya vaziri tayinlandi

'Qoraqalpog`iston Respublikasi adliya vaziri tayinlandi'ning rasmi

Elmurod Tursunov Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara Urinbaeva xabar berdi.

Elmurod Tursunov1983 yilda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xo`jayli tumanida tug`ilgan. Ma`lumoti oliy, 2006  yilda Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan, huquqshunos.

U o`z mehnat faoliyatini 2006-2007 yillarda Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahar 1-son davlat notarial idorasi arxivariusi lavozimidan boshlagan. 2007-2022 yillarda Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligida turli mas`ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2022 yildan hozirgi vaqtga qadar  Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar