AsosiyJamiyat

"Tashabbusli byudjet"ga xakerlik hujum qildi

'"Tashabbusli byudjet"ga xakerlik hujum qildi'ning rasmi

"Tashabbusli byudjet" jarayonining 2023 yil 2 mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi 27 avgustdan boshlandi. Ovoz berish jarayonlarining dastlabki kunlari foydalanuvchilar tomonidan tizimda ayrim texnik muammolar kuzatilayotgani bo`yicha e`tirozlar bildirildi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining ma`lum qiligicha, ushbu holat ovozlar sonini sun`iy ravishda ko`paytirish maqsadida ishlab chiqilgan norasmiy botlar orqali ovoz yig`ish, shuningdek, turli xil spam va xakerlik hujumlari oqibatida yuzaga kelgan.

"Bu kabi urinishlarning oldini olish uchun qo`yilgan cheklovlar natijasida axborot portalida bir qator uzilishlar ro`y berdi", deyiladi rasmiy xabarda.

Hozirda barcha zaruriy texnik choralar ko`rilib, axborot portali (https://openbudget.uz/) faoliyati mo``tadillashtirilgani ma`lum qilingan

    Boshqa yangiliklar