AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentning uchta tumanida gaz o`chiriladi

'Bugun Toshkentning uchta tumanida gaz o`chiriladi'ning rasmi

Bektemir, Mirzo Ulug`bek va Yunusobod tumanlarida gaz ta`minoti qisman to`xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida poytaxtning Bektemir, Mirzo Ulug`bek va Yunusobod tumanlari gaz ta`minoti tizimida ta`mirlash va sozlash ishlari amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan ushbu tumanlarining ba`zi mahalla va ko`chalarida gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.

Yunusobod tumanida 29 avgust soat 10:00 dan 18:00 gacha:

- «Yurtobod» MFYda qisman;

- «Shoshtepa» MFYda qisman;

- Uvaysiy MFYda qisman.

Mirzo Ulug`bek tumanida 29 avgust soat 10:00 dan 18:00 gacha:

- Boytepa ko`chasida;

- Xudoyor ko`chasida.

Bektemir tumanida 29 avgust soat 10:00 dan 18:00 gacha:

- Buzovchi ko`chasida;

- Turkiston ko`chasida;

Bektemir tumanida 29 avgust soat 14:00 dan 17:00 gacha:

- Billur ko`chasida;

- Ixlos ko`chasida.

 

    Boshqa yangiliklar