AsosiyDunyo

Qozog`istonda 24 yoshli o`zbekistonlik yigit sodir etgan YTHda Rossiya fuqarosi vafot etdi

'Qozog`istonda 24 yoshli o`zbekistonlik yigit sodir etgan YTHda Rossiya fuqarosi vafot etdi'ning rasmi

Aqto`beda yo`l-transport hodisasi oqibatida xorijlik fuqaro halok bo`ldi, deya xabar berdi Kazinform.

26 avgust kuni soat 14:00 larda MAN-TGX rusumli yuk mashinasini boshqarayotgan 24 yoshli O`zbekiston fuqarosi Samara-Chimkent avtomobil yo`lining Qizilo`rda viloyati chegarasi yaqinida yo`lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketdi.

Rossiya Federasiyasining 51 yoshli fuqarosi boshqaruvidagi Lada Largus avtomobili bilan to`qnashib ketdi.

Natijada Lada haydovchisi olgan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Uning voyaga etmagan yo`lovchisi turli tan jarohatlari bilan Irg`iz tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qozog`iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 345-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, MAN-TGX haydovchisi transport vositasini charchagan holda boshqargan.

    Boshqa yangiliklar