AsosiyJamiyat

Toshkent markazidagi ko`chaning bir qismi 7 kunga yopildi

'Toshkent markazidagi ko`chaning bir qismi 7 kunga yopildi'ning rasmi

Poytaxning Yakub Kolas ko`chasining bir qismi vaqtincha avtomobillar harakati uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 martdagi "Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to`g`risida"gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq, barcha hududlarda elektr tarmoqlari kabellarini, transformatorlarni yangilash-ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mirobod tumanining Yakub Kolas ko`chasi hududida 18x6 metr uzunlikdagi 110 kV bo`lgan yuqori kuchlanishli er osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o`tkazish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu sababli, joriy yilning 28 avgust kunidan 4 sentyabr kuniga qadar Yakub Kolas ko`chasining Mirobod tumani tibbiyot birlashmasi Markaziy ko`p tarmoqli poliklinikasi yonidan 20 metr uzunlikdagi (110-umumta`lim maktabi qarshisi) qismi barcha turdagi avtotransport vositalari harakati uchun yopiladi.

"Haydovchilardan noqulayliklar uchun uzr so`rab, aylanma yo`llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar