Xitoy 30 avgustdan boshlab xorijdan kelayotgan sayyohlar uchun koronavirus antigenini tekshirish talabini bekor qiladi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin brifing chog`ida ma`lum qildi.
“2023 yil 30 avgustdan boshlab Xitoyga kelgan odamlar PSRdan oldingi testdan o`tishlari yoki COVID-19 antigeni testini o`tkazishlari shart emas”, — dedi Van Venbin.
Ma`lum qilinishicha, Xitoy 2022 yil oxirida COVID-19ga nisbatan nol tolerantlik siyosatini tugatdi. 15 martdan Xitoy hukumati xorijiy fuqarolarga barcha turdagi vizalar berishni boshladi. Shanxayga kruiz kemalarida vizasiz sayohat qilish imkoniyati ham yana paydo bo`ldi. Aprel oyi oxirida Xitoy hukumati mamlakatga kiruvchilar uchun COVID-19 uchun PSR testi natijalarini taqdim etish talabini bekor qildi. Xitoyga kelganlar ketishdan oldin 48 soat ichida koronavirus antigeni testini topshirishlari kifoya edi.






