Prezident Shavkat Mirziyoevning «A.Saksanovni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlash to`g`risida»gi farmoni e`lon qilindi.
Unga ko`ra, Yangi O`zbekistonni bunyod etish yo`lida o`zining tashabbuskorligi, bilim va tajribasini yaqqol namoyon etib, tadbirkorlik sohasida ko`plab istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani, ijtimoiy masalalarni hal etishda jonbozlik ko`rsatayotgani, xususan, mamlakatimizda ta`lim tizimini rivojlantirish, har tomonlama sog`lom va barkamol avlodni voyaga etkazish ishlaridagi katta xizmatlari, yoshlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, aholi farovonligini yuksaltirish borasida alohida ibrat va namuna bo`layotgani, shuningdek, jamiyatda o`zaro ko`mak, saxovat va mehr-oqibatni kuchaytirishga qaratilgan ezgu harakatlardagi faol ishtiroki uchun Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi «Saksanov» mas`uliyati cheklangan jamiyati ijrochi direktori Saksanov Abdikarim Yuldashovich «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi.
Shuningdek, Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 9-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktab-internati direktori M.Sultanova «O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan xalq ta`limi xodimi» unvoni bilan taqdirlandi.






