AsosiyJamiyat

Moskvaga uchayotgan samolyot yo`lovchining sog`lig`i yomonlashgani sababli Toshkentga qo`ndi

'Moskvaga uchayotgan samolyot yo`lovchining sog`lig`i yomonlashgani sababli Toshkentga qo`ndi'ning rasmi

Moskvaga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo`ndi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, Rossiyaning Azur Air aviakompaniyasining Pxuket-Moskva yo`nalishi bo`yicha ZF4002 reysini amalga oshirayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qo`ndi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 18:50 da Toshkent aeroportiga qo`ngan. 

Ma`lum qilinishicha, yo`lovchining sog`lig`i yomonlashgani sababli ekipaj zaxira aerodromga o`tishga qaror qildi. Aeroportga qo`ngach, yo`lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali tibbiy yordam ko`rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.

    Boshqa yangiliklar