AsosiyJamiyat

Toshkent va Chirchiqdagi pedagogika universitetlari "tayanch oliygoh" bo`ladi

'Toshkent va Chirchiqdagi pedagogika universitetlari "tayanch oliygoh" bo`ladi'ning rasmi

Muallimlarga malaka toifasini berish ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda pedagogning bilimi dastlabki imtihonda baholanib, 70 foizdan ko`p ball to`plaganlar ikkinchi bosqichga o`tadi.

Ikkinchi bosqichda ilg`or pedagogik texnologiyalarni qo`llashi, o`quvchilar bilan ishlash metodikasi va baholashdagi yondashuvlari tekshiriladi, bilim va mahorati natijalariga qarab, muallimga malaka toifasi beriladi.

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligiga yil yakuniga qadar yangi tajribani o`qituvchilarning bilim darajasi past bo`lgan 20 ta tumanda sinovdan o`tkazishga topshiriq berildi.

Shuningdek, pedagogika yo`nalishidagi oliygohlar alohida yondashuv asosida rivojlantiriladi.

Buning uchun Oliy ta`lim vazirligida pedagogik ta`limga mas`ul vazirning birinchi o`rinbosari lavozimi kiritiladi.

Vazirlikda pedagogik ta`lim bo`yicha alohida Kengash tuzilib, unga pedagogika oliygohlari rektorlari kiritiladi.

Toshkent va Chirchiqdagi pedagogika universitetlarida o`qituvchilar Prezident maktabi dasturi asosida tayyorlanadi. Bu oliygohlar pedagogika yo`nalishidagi institutlar uchun “tayanch oliygoh” bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar