AsosiyJamiyat

Endilikda o`quv dasturlariga yangi fanlarni kiritish taqiqlanadi - Prezident

'Endilikda o`quv dasturlariga yangi fanlarni kiritish taqiqlanadi - Prezident'ning rasmi

Endilikda o`quv dasturlariga qo`shimcha yangi fanlarni kiritish taqiqlanadi. Barcha yangi takliflar mavjud fanlarga integrasiya qilinib tayyorlanadi.

Shuningdek, barcha fanlarda milliy g`urur, iftixor, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik g`oyalari targ`ib qilinishi shartligi qayd etildi.

Bundan uch yil oldin 15 yoshgacha bo`lgan bolalarga yod, vitaminlar va gijjaga qarshi dorilar tarqatish amaliyoti joriy qilingan edi. Natijada bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishiga ta`sir ko`rsatadigan qalqonsimon bezi kasalliklari kamaya boshladi.

Joriy yilda ham maktab o`quvchilariga yod preparatlarini bepul tarqatish davom ettiriladi. Mas`ullarga sentyabr oyidan bu ishlarni tizimli tashkil qilib, ota-onalar va o`quvchilar orasida yod iste`molining foydali xususiyatlarini keng targ`ib qilish topshirildi.

    Boshqa yangiliklar