Bu yil 387 ming nafar o`quvchi maktabni tamomlab, 138 mingtasi oliygohlarga o`qishga kirgan, yana 54 mingtasi professional ta`lim bilan qamrab olinadi.
Qolgan 195 ming nafar yoshlar qaerga borishi, ular ertaga ish topa olmasa, kim bo`lishi haqidagi savollarga na viloyat va tuman hokimlari, na soha mutasaddilarida javob yo`qligi ta`kidlandi.
Oqdaryodagi 32-maktabda tadbirkorlar bilan hamkorlikda o`quvchilarni kasbga o`qitish tajribasi yo`lga qo`yilgan. Ushbu maktabda o`quvchilar 7-sinfdan boshlab mahalla va tumanda talab yuqori bo`lgan veterinar, agronom, meva-sabzavot quritish, ipakchi, mebelchi, avtomobil ustasi kabi 15 ta kasb-hunarga o`rgatilmoqda, ularga 2 ta chet tili o`qitilmoqda.
Eng muhimi, bu ishlar mahalliy byudjet va tadbirkorlar hisobidan tashkil qilingan bo`lib, o`quvchilar bu erda ish haqi olmoqda.
Barcha viloyatlar maktab ta`limi boshqarmalari rahbarlari Oqdaryoga borib, bir hafta davomida ushbu tajribani o`rganishi shartligi ta`kidlandi.
Samarqand viloyati hokimiga keyingi o`quv yiliga qadar viloyatdagi har bir tumanda 10 tadan maktabda bu tizimni joriy qilish, qolgan viloyat hokimlariga yil yakunigacha har bir tumanda kamida ikkitadan maktabda ushbu tajribani yo`lga qo`yish topshirildi.
28.08.2023 17:24
Prezident mas`ullarga jiddiy topshiriq berdi






