Davlat rahbari videoselektor yig`ilishi davomida sohada mavjud muammolarni tahlil qildi.
Jumladan, hozirda boshlang`ich sinflarda 11 ta, yuqori sinflarda 16 ta fan o`tilayotgani bilan o`quvchilar aniq bir yo`nalishda chuqur bilimga ega bo`lmay maktabni bitirayotgani qayd etildi.
Masalan, 107 ta tumandan talaba bo`lganlar oliygohga kirish imtihonlarida matematika bo`yicha maksimal ballning yarmini ham yig`a olmagan. Fizika, kimyo va biologiya bo`yicha ham birorta tuman va shaharda maqtagulik natija yo`q.
O`tgan yili 220 ming muallimdan 86 ming nafari yoki 37 foizining bilim va ko`nikmasi “qoniqarsiz” baholangan. Ayniqsa, hozirda talab yuqori bo`lgan informatika, fizika, ingliz tili, matematika va kimyo fani o`qituvchilarining bilimi “qoniqarsiz” ekanligi aniqlangan.
Yoki, 51 ming nafar chet tili o`qituvchilaridan atigi 17 ming nafari (33 foizi) “C-1” darajasiga ega. Vaholanki, 2025 yildan boshlab chet tilidan faqat “S-1” darajasi bor o`qituvchilar dars o`tishi mumkin bo`ladi.
28.08.2023 17:04
37 foiz o`qituvchining bilimi "qoniqarsiz" baholangani aytildi






