Prezident qaroriga asosan joriy yil 1 sentyabrdan boshlab:
- sudlanganlik muddatining o`tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi haqidagi ma`lumotlar Ichki ishlar vazirligining «Tezkor ma`lumotlar» yagona axborot tizimida avtomatik ravishda onlayn shakllantiriladi;
- sudlanganlik muddatining o`tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanganligi haqidagi ma`lumotnoma sudlanganlik muddati tugagan yoki sudlanganlik olib tashlangan sananing ertasidan kechiktirmasdan tegishli shaxsning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda bepul yuboriladi.






