“O`zgidromet” yangi hafta qanday ob-havo bilan boshlanishi haqida ma`lumot berdi. Unga ko`ra:
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati — havo o`zgarib turadi, 29-30 avgustda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 31 pvgustda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29-avgustda kechasi 13-18°, kunduzi 25-30°, 30-31 avgustda kechasi 14-19°, kunduzi 23-28° bo`ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlari — havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 30-avgustda joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol. sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 29-avgustda 13-18°, 30-31 avgustda 17-22°, kunduzi 29-avgustda 27-32°, 30 avgustda 30-35°, 31 avgustda 25-30° bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari — havo o`zgarib turadi, 29 avgustda yog`ingarchilik kutilmaydi, 30 avgustda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, 31 avgustda kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 29 avgustda 27-32°, 30 avgustda 30-35°, 31-avgustda 25-30° bo`ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari — havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 29 avgustda 15-20°, 30-31 avgustda 17-22°, kunduzi 29 avgustda 29-34°, 30 avgustda 32-37°, 31 avgustda 27-32° bo`ladi.
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlari — havo o`zgarib turadi, 29-30 avgustda yog`ingarchilik kutilmaydi, 31 avgustda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 29-avgustda13-18°, 30-31 avgustda 13-18°, kunduz 29 va 30 avgustda 27-32° bo`ladi, 31 avgustda 25-30°.
Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlari — havo o`zgarib turadi, 29 avgustda yog`ingarchilik kutilmaydi, 30-31 avgustda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 29 va 30 avgustda 20-25° bo`ladi, 31-avgustda 17-22°.






