Ruminiyaning Crevedia tumanida suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida portlash yuz berdi. Aniqlanishicha, 46 nafar fuqaro jarohatlangan, bir kishi halok bo`ldi.
Yoqilg`i quyish shoxobchasi DN1A avtomagistralida joylashgan bo`lib, portlashlar paytida u dastlabki tekshiruvlar natijalariga ko`ra yopilishi kerak edi, ammo ishlashda davom etgan. 26-avgust kuni kechqurun kamida 4 marta portlash sodir bo`ldi.






