AsosiyJamiyat

Navoiy viloyatida 4 nafar hokim hayfsan oldi

'Navoiy viloyatida 4 nafar hokim hayfsan oldi'ning rasmi

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov G`ozg`on shahri, Qiziltepa, Xatirchi va Karmana tumanlari hokimlariga intizomiy jazo qo`lladi. Bu haqda viloyat hokimining yangi farmoyishida ma`lum qilindi.

Xususan, viloyat hokimligining 14 avgustda o`tkazilgan apparat yig`ilishi bayoni ijrosini ta`minlamagani va ijro intizomini susaytirib yuborgani uchun Qiziltepa tumani hokimi v.v.b. Nodir Hayitovga hayfsan intizomiy jazosi berilgan.

G`ozg`on shahar hokimi Azim Bazarov va Xatirchi tumani hokimi v.v.b. Inoyat Muhammadievga ham hayfsan qo`llanilgan.

Ularning jazoga tortilishiga esa prezidentning qaror va farmoyishlari ijrosini ta`minlashda sustkashlik qilgani, ishlarni to`g`ri tashkil etmagani, murojaatlar bilan ishlashda xato va kamchiliklarga yo`l qo`ygani, o`ziga yuklatilgan vazifalarga sovuqqonlik bilan yondashgani sabab sifatida ko`rsatilgan.

Shuningdek, Karmana tumani hokimi Faxriddin Umarovga yuqoridagi sabablar tufayli o`rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima intizomiy jazosiga tortilgan.

    Boshqa yangiliklar