Soliq qo`mitasi O`zbekistonda iyul oyida cheklari eng ko`p ro`yxatdan o`tkazilgan top 10 ta korxona nomini ma`lum qildi.
Unga ko`ra, 2023 yil iyul oyida Soliq mobil ilovasida 2,6 milliondan ortiq iste`molchi tomonidan 151 milliard so`mga yaqin keshbek yig`ilgan.
Quyida iyul oyida cheklari eng ko`p ro`yxatdan o`tkazilgan korxonalar keltirilgan:
- Anglesey Food MChJ XK: 3,1 millionta chek, 4,3 milliard so`m keshbek;
- Havas Food MChJ QK: 1,8 millionta chek, 822,8 million so`m keshbek;
- “Darvoza Savdo” MChJ: 458,9 mingta chek, 307,7 million so`m keshbek;
- UNG Petro MChJ: 317 mingta chek, 1,1 milliard so`m keshbek;
- Urban Retail MChJ: 259,1 mingta chek, 524,8 million so`m keshbek;
- Mak Food Servis MChJ: 244,3 mingta chek, 185,1 million so`m keshbek;
- Best Quality Products MChJ: 216 mingta chek, 145,1 million so`m keshbek;
- International Foodchain MChJ: 199,9 mingta chek, 194,4 million so`m keshbek;
- “Namangan-Istiqlol Bog`i” MChJ: 170 mingta chek, 271,5 million so`m keshbek;
- Cheese Day MChJ: 139,6 mingta chek, 111,9 million so`m keshbek.






