AsosiyJamiyat

Toshkentning ba`zi ko`chalari 3 kunga yopiladi

'Toshkentning ba`zi ko`chalari 3 kunga yopiladi'ning rasmi

Toshkentning ayrim ko`chalarida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 3 sentyabr kuni Mustaqillik bayramiga bag`ishlangan “Yangi nafas” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi o`tkaziladi. Shu munosabat bilan poytaxtdagi ayrim ko`chalarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Unga ko`ra, joriy yilning 31 avgust kuni soat 10:00 dan 3 sentyabr kuni soat 10:00 gacha:

  • Afrosiyob ko`chasi Islom Karimov shohko`chasi bilan kesishmasidan, Beshyog`och ko`chasi bilan kesishmasigacha bo`lgan yo`nalishda harakat cheklanadi.

Shuningdek, 3 sentyabr kuni soat 05:00 dan 09:00 gacha:

  • Afrosiyob ko`chasi Islom Karimov shohko`chasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy, Oybek va Nukus ko`chalari bo`ylab, Rim-Katolik cherkovigacha bo`lgan yo`nalishda avtotransport vositalari harakati to`xtatiladi.

 

“Noqulayliklar uchun uzr so`raymiz va haydovchilarga aylanma yo`llardan foydalanishni tavsiya etamiz”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar