AsosiyJamiyat

1 sentyabrdan boshlab Qirg`iziston — O`zbekiston chegarasidan ID-karta orqali o`tish mumkin

'1 sentyabrdan boshlab Qirg`iziston — O`zbekiston chegarasidan ID-karta orqali o`tish mumkin'ning rasmi

1 sentyabrdan O`zbekiston va Qirg`iziston fuqarolari ikki davlat hududiga ID-karta bilan o`tishlari mumkin bo`ladi. Bu haqda Qirg`iziston TIV matbuot xizmati ma`lum qildi.

“2023 yil 1 sentyabrdan Qirg`iziston va O`zbekiston fuqarolari kirish, chiqish va ikki davlat hududida harakatlanish va bo`lib turish uchun boshqa yurish hujjatlari bilan bir qatorda ID-kartalardan foydalanishlari mumkin”, — deyilgan xabarda.

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2023 yil yanvarida Qirg`izistonga davlat tashrifi davomida fuqarolarning o`zaro borib-kelishlari to`g`risidagi bitimga o`zgartirishlar kiritish to`g`risida bayonnoma imzolangandi. U O`zbekistonning barcha fuqarolari Qirg`izistonga, xuddi shunday Qirg`iziston fuqarolari O`zbekistonga ID-karta bilan kirishlari mumkin bo`lishini nazarda tutadi. Ilgari faqat xorijga chiqish pasporti bilan mumkin edi.

Fuqarolarning chegaradan kirish-chiqishi haqidagi ma`lumotlar elektron tarzda qayd etiladi, pasportga shtamp bosishga hojat qolmaydi.

Ushbu engillik istalgan transport orqali (samolyot, poezd, avtomobil, avtobus va hokazo) chegarani kesib o`tishda amal qiladi.

Ushbu tartib, ayniqsa O`zbekistonning eksklav hududlari bo`lgan So`x, Shohimardon, Cho`ng`ara kabi hududlaridagi o`zbekistonliklar uchun katta engillik bo`ldi. Ularning chegaradan o`tishlaridagi ortiqcha byurokratiyaga chek qo`ydi.

Ma`lumot uchun, bugungi kungacha hali birorta davlat bilan ID-karta orqali o`zaro borib-kelish tartibi yo`lga qo`yilmagan edi. Qirg`iziston birinchisi bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar