AsosiyJamiyat

O`zbekistonda dam olish kunlari ob-havo keskin o`zgaradi

'O`zbekistonda dam olish kunlari ob-havo keskin o`zgaradi'ning rasmi

Ertaga, 26 avgust kuni respublikaning shimoli-g`arbiy hududlariga Rossiyaning janubiy hududlaridan nam va salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Bu haqda O`zgidromet xabar bermoqda.

Respublikaning qolgan hududlarida 26 avgustda quruq ob-havo saqlanib turadi, harorat +33...+36 daraja bo`ladi.

27-28 avgust kunlari nam va salqin havo massalari kirib kelishi O`zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi. Barcha joylarda bulutlilik kuchayishi kutilmoqda, respublikaning ko`pchilik viloyatlarida ba`zi joylarda vaqti-vaqti bilan momaqaldiroq bilan yomg`ir yog`adi. Kunduzgi havo harorati +23...+28 darajagacha pasayadi. Kechasi va ertalab havo biroz salqinlashadi. 28 avgustga kelib, kechasi harorat +13...+16 darajagacha pasayadi.

Ushbu kunlarda shamol tezligi 17-22 m/s.gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zi joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ob-havoni o`zgarishi sezilarli bo`ladi, bu hududlarda 27-28 avgust kunlari ba`zi joylarda kuchli yomg`irlar yog`ib o`tadi. Kutilayotgan kuchli yomg`irlar yog`ishi hisobiga respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida 27-29 avgust kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Poytaxtda 25-26 avgust kunlari havo asosan biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 25 avgustda +36...+38 daraja, 26 avgustda kechasi +22...+24 daraja, kunduz kuni +34...+36 daraja bo`ladi.

27 avgustda va kechasi 28 avgustda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

Ertalab 28 avgustda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari +14...+16 darajagacha, kunduz kunlari +24...+26 darajagacha pasayadi.

    Boshqa yangiliklar