AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentning 2 ta tumanida “svet” o`chiriladi

'Bugun Toshkentning 2 ta tumanida “svet” o`chiriladi'ning rasmi

Bugun Toshkent markazidagi ayrim ko`chalarda elektr ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali xabar berdi.

Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko`rish maqsadida poytaxtning Mirobod va Yakkasaroy tumanlaridagi MFYlarning qator ko`chalarida elektr ta`minoti vaqtincha o`chiriladi.

Manzillar:

Mirobod tumani: “Yangi Mirobod” MFYning ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Yakkasaroy tumani: «Yakkasaroy» MFYning ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha.

O`z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta`mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

Xabarda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali mazkur ta`mirlash ishlari tufayli elektr ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste`molchilardan uzr so`ragan.

    Boshqa yangiliklar