AsosiyJamiyat

Tinch okeani tubida muzlik davridan beri yashab kelayotgan hayvon topildi

'Tinch okeani tubida muzlik davridan beri yashab kelayotgan hayvon topildi'ning rasmi

Tinch okeani tubida yashovchi umurtqasiz hayvonlardan biri kamida 17 ming yil yashagan Erdagi eng qadimgi tirik mavjudot sifatida rekord o`rnatdi. Bu haqda “Nation world news” nashri xabar berdi.  

Ma`lumotlarga ko`ra, o`rtacha umr ko`rish bo`yicha rekord egalari poriferlar, bir necha ming yil yashaydigan dengiz hayvonlaridir. Ammo turning bu vakili muzlik davridan beri hayot kechirmoqda.  

U Janubiy Xitoy dengizi, Tinch okeanining ming metrdan chuqur joyidan topilgan. Ular detrit, plankton, bakteriyalar, viruslar bilan oziqlanadi.  

Laboratoriyada hayvonning spikulalari ko`ndalang kesim bo`yicha tekshirildi. Ma`lum bo`lishicha, bu organizmlar karbonat angidridni organik uglerodga aylantiradi. Bu sikl sayyorani xavf ostida qoldirayotgan global isishni cheklashga yordam beradi.

    Boshqa yangiliklar