Zelenskiy Portugaliya rahbari bilan bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Rossiyada qo`zg`olon ko`targan Evgeniy Prigojin samolyoti halokatga uchragani voqeasi haqida gapirdi.
"Ukraina havo kemalari borasida dunyo davlatlariga murojaat qilganda, biz buni nazarda tutmagandik.
Birinchidan, bu holatga bizning hech qanday aloqamiz yo`q, bu aniq. O`ylaymanki, voqeaga kim aloqadorligidan hamma xabardor", — dedi Ukraina prezidenti.






