AsosiyJamiyat

Metan "zapravka"larda yuzaga kelayotgan navbatlarga sabab narxning oshishidan darakmi?

'Metan "zapravka"larda yuzaga kelayotgan navbatlarga sabab narxning oshishidan darakmi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda metan "zapravka"larda navbatning uzayib borayotgani, bunga bir qator metan "zapravka"larning yopiqligi sabab bo`layotgani, mazkur vaziyat metan narxining oshishidan darak bo`lishi mumkinligi haqida turli xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Energetika vazirligi ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, respublikadagi barcha metan «zapravka»larga avgust oyi uchun ularning talablariga asosan belgilangan limitga ko`ra, tabiiy gaz to`liq etkazib berilgan. Hech qanday cheklov kiritilmagan.

"Qaysidir metan ’zapravkaʼ o`z faoliyatini vaqtincha to`xtatib turgan bo`lsa, demak, bu qandaydir texnik sabablar yoki boshqa bir omil tufayli bo`lishi mumkin. Shuningdek, avval ta`kidlaganimizdek, metan ’zapravka`larda sotiladigan bir kub gaz uchun belgilangan narx oshgani yo`q", — deyiladi xabarda.

Vazirlikning eslatishicha, aholi va boshqa toifadagi iste`molchilar qonunchilikda o`rnatilgan tartibda belgilangan muddatlarda tabiiy gaz narxining oshirilishi haqida avvaldan ogohlantiriladi.

    Boshqa yangiliklar