AsosiyJamiyat

⚡️ Erkinjon Turdimov Samarqand hokimi lavozimidan olinayotgani haqidagi xabarlar rad etildi

'⚡️ Erkinjon Turdimov Samarqand hokimi lavozimidan olinayotgani haqidagi xabarlar rad etildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Prezidentning Samarqandga tashrifi doirasida ayni paytdagi viloyat hokimi Erkinjon Turdimov vazifasidan ozod etilishi haqida xabarlar tarqalmoqda. 

Viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Manuchehr Mirzaev ushbu xabarlar asossiz ekanini ma`lum qildi. 

"Viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning boshqa ishga o`tayotgani haqida tarqalgan xabarlar asossiz ekani ma`lum qilinadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi kanal va sahifalarda bunday asoslanmagan axborotni tarqatmaslik so`raladi.  

Viloyat rahbari o`z faoliyatini odatiy rejimda davom ettirmoqda. Keng jamoatchilikdan hech qanday asosga ega bo`lmagan, turli taxmin va talqinlardan iborat xabarlarga ishonmaslikni so`rab qolamiz", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar