AsosiyDunyo

Makka shahriga to`fon yopirildi (video)

'Makka shahriga to`fon yopirildi (video)'ning rasmi

Saudiya Arabistonida to`fon kuchli yog`ingarchiliklarni keltirib, hududlarda suv bosish hodisalari kuzatildi. Videoda shamolning kuchliligidan odamlarni surib ketayotganini ko`rish mumkin. 

 

"Shu kunlarda dunyoda turli tabiat hodisalari bilan bog`liq kataklizmlar ortib ketgan. Masalan, Chilida juda kuchli yog`inlar ortidan, suv toshqin, suv bosishlar, Kanada va orollar to`plami Gavayida kuzatuvlar tarixidagi misli ko`rilmagan o`rmon yong`inlari, Hillari to`fonining AQShning Kaliforniya va Meksika hududlariga yopirilishi, turli mintaqalarda anomal issiqliklar kuzatilishda davom etmoqda.

Janubiy yarim sharda sovuq davr bo`lishiga qaramay, JAR, Avstraliya shimoli, Argentina, Boliviyada mavsumga xos bo`lmagan g`ayritabiiy issiqliklar kuzatilmoqda", —deb yozadi iqlimshunos  Erkin Abdulahatov.

    Boshqa yangiliklar