AsosiyDunyo

Eron prezidenti qattiq sanksiyalarga qaramay, mamlakatning mudofaa va yadro sanoati sezilarli yutuqlarga erishganini aytdi

'Eron prezidenti qattiq sanksiyalarga qaramay, mamlakatning mudofaa va yadro sanoati sezilarli yutuqlarga erishganini aytdi'ning rasmi

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy mamlakat Qurolli kuchlari “Eronga qarshi tajovuzkorona ko`tarilgan har qanday qo`lni chopib tashlashini” aytdi. Bu haqda FarsNews nashri xabar bermoqda.

Raisiy Mudofaa sanoati kuni munosabati bilan Mudofaa vazirligi rahbariyati va harbiy-sanoat kompleksi vakillari bilan uchrashuvda bu gaplarni aytib o`tdi. U mamlakat mudofaa sanoati Eron xavfsizligini ta`minlash va mustahkamlashda Qurolli kuchlarni qo`llab-quvvatlashini ta`kidladi. Shu bilan birga, prezident qattiq sanksiyalarga qaramay, Eronning mudofaa va yadro sanoati sezilarli yutuqlarga erishganini ta`kidladi.

“Bugun biz Eronni ilg`or va texnologik davlat sifatida dunyoga ishonch bilan tanitishimiz mumkin, bu yosh olimlarimizning sa`y-harakatlari va mohir qo`llari tufaylidir. Bunga Islom inqilobi oliy etakchisi rahnamoligida erishildi”, — dedi Raisiy.

    Boshqa yangiliklar