Viloyatlararo yo`nalishlarda yo`lovchilarni tungi vaqtlarda ichki ishlar organlari hamrohligisiz tashishga rozilik beriladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda. Unga ko`ra:
➖ avtobus haydovchilarining mehnat va dam olish rejimini nazorat qilish qurilmalari (taxograf) bilan jihozlangan hamda yo`nalishda faoliyat ko`rsatish uchun tegishli hujjatlari mavjud bo`lgan (avtomobil transportida yo`lovchilarni muntazam yo`nalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma va lisenziya) avtobuslarda shaharlararo, viloyatlararo va xalqaro muntazam yo`nalishlarda yo`lovchilarni tungi vaqtlarda ichki ishlar organlari hamrohligisiz tashishga rozilik beriladi;
➖ 2024 yil 1 yanvardan boshlab shaharlararo, viloyatlararo va xalqaro yo`nalishlarda yo`lovchi tashuvchi avtotransport vositalari haydovchilarining ish vaqti tabellar, yo`l varaqlari, chiptani hisobga olish varaqlari taxograf ko`rsatkichiga asosan hisobga olinadi.
22.08.2023 09:09
Viloyatlararo yo`nalishlarda yo`lovchilarni tungi vaqtlarda IIO hamrohligisiz tashishga rozilik beriladi






