AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berildi

'Ertaga O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 21 avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 36-38 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, ba`zi tumanlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Navoiy viloyatining cho`l hududlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi tumanlarda shamolning tezligi chang-to`zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25, cho`l hududlarida 27 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo`ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo`ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo`ladi.  

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo`ladi.  

Respublikamizning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 24-29 daraja iliq bo`ladi.  

    Boshqa yangiliklar