Maktabgacha ta`lim agentligi tomonidan pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, xususan, ularning jamiyatdagi mavqelarini mustahkamlash borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Joriy yilda, 14742 nafar rahbar va pedagog kadrlarning, shundan, maktabgacha ta`lim tashkilotlarining 14 139 nafar, pedagogika kollejlarining 603 nafar pedagog kadrlarining malakasini oshirish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, Maktabgacha ta`lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish hamda o`quv dasturlarini takomillashtirish orqali ta`lim sifatini ta`minlash jarayonlari samaradorligini oshirish maqsadida xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda maktabgacha ta`lim tashkilotlarining 14 mingdan ziyod xodimlarini (40 soatga mo`ljallangan) qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida o`qitish yo`lga qo`yildi.
Jumladan, Jahon banki bilan hamkorlikda “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasida jahon banki bilan hamkorlikda xorijiy mutaxassislarni jalb qilingan holda ishlab chiqilgan 40 soatga mo`ljallangan muddatli malaka oshirish bo`yicha pedagoglarni o`qitilishi 2023 yil avgust-noyabr oylarida uch bosqichda o`qitish orqali 14 ming pedagoglarni malakasini oshirishga erishiladi.
2019 yildan boshlab Maktabgacha ta`lim agentligi tizimidagi yuqori malakali davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari metodist-tarbiyachilari va tarbiyachilari aniqlash hamda rag`batlantirish, ularning pedagogik mahorati va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, ilg`or tajribalarni keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatning nufuzini yanada oshirish, kasbiy faoliyatida ijodkorlik va sog`lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” respublika tanlovi o`tkazilib kelinmoqda.
Joriy yilda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko`rik tanlovining birinchi bosqichi 14-19 avgust kunlari tuman/shahar miqyosida o`tkazilmoqda. Respublika bosqichida har bir nominasiya bo`yicha birinchi, ikkinchi va uchinchi o`rinlarni egallagan o`rta maxsus, kasb-hunar ma`lumotiga ega bo`lgan g`oliblar O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarining «Maktabgacha ta`lim» yo`nalishiga o`qishga kirishda imtiyozga ega bo`ladi.
Shu bilan birga, maktabgacha ta`lim tashkilotlari pedagog kadrlarning sifatini oshirishga qaratilgan hududlarda maktabgacha ta`lim tashkilotlari pedagog kadrlar va pedagogika kollejlari mutaxassislariga o`quv-metodik va didaktik materiallardan foydalanish mavzusida amaliy-seminarlar tashkil etildi. Xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda seminar-treninglar, o`quv kurslari muntazam o`tkazilib kelinmoqda. Jumladan, Toshkent shahridagi Puchon universitetida, YuNISEF va Jahon banki bilan hamkorlikda seminar-trening o`tkazildi.






