AsosiyDunyo

Fransiyada qurg`oqchilik xavfining “qizil” darajasi joriy qilindi va suv iste`moliga cheklovlar qo`yildi

'Fransiyada qurg`oqchilik xavfining “qizil” darajasi joriy qilindi va suv iste`moliga cheklovlar qo`yildi'ning rasmi

Fransiyaning aksariyat departamentlari qurg`oqchilik xavfi tufayli suvdan foydalanishga cheklovlar kiritdi. Bu haqda "zamon.uz" yozmoqda. 

Ushbu chora-tadbirlar sport maydonlarida maysazorlarni sug`orish, basseynlarni to`ldirish va mashinalarni yuvishni o`z ichiga oladi.

Qarorga amal qilish Fransiya bioxilmaxillik byurosi tomonidan tekshiriladi. Huquqbuzarliklar uchun jismoniy shaxslar 1500 evro, tadbirkorlar esa 7500 evro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. 

Fransiyaning 40 departamentida qurg`oqchilik xavfining “qizil” darajasi joriy qilingan.

    Boshqa yangiliklar