AsosiyJamiyat

Antibiotiklarni qabul qilishdagi eng muhim qoidalarni bilasizmi?

'Antibiotiklarni qabul qilishdagi eng muhim qoidalarni bilasizmi?'ning rasmi

Antibiotiklar qat`iy tartib asosida qabul qilinishi shart. Bu dorilar insonda kasallik chaqiruvchi mikroblarga zaharli ta`sir etib, ularni nobud qiladi va noto`g`ri qo`llash oqibatida ko`plab nojo`ya ta`sirlar keltirib chiqarishi mumkin.

Antibiotiklarni qat`iyan mutaxassis ko`rsatmasiga binoan qo`llash lozim.

Aynan belgilangan soatlar paytida qabul qilish. Buning sababi bir marta qabul qilingan (masalan amoksisillin) dori uzog`i bilan 8 soat davomida ta`sir ko`rsatadi. Mikroblar doriga ko`nikib, chidamli bo`lib qolmasligi uchun ularga 24 soat mobaynida ta`sir ko`rsatish kerak. Shuning uchun dorini qabul qilish vaqtini o`tkazib yubormang.

3 kun qoidasi. Kasallikning barcha belgilari yo`qolgandan keyin 3 kundan keyin dorini iste`mol qilishni to`xtatish kerak. Undan ertaroq to`xtatish kasallikni surunkali ko`rinishga o`tish yoki qaytalash xavfini keltirib chiqarishi mumkin.

Uzoq muddat antibiotiklar qabul qilish vaqtida ichak mikroflorasini tiklash va himoya qilish uchun shifokor maslahati bilan probiotiklarni qo`llash zarur. Antibiotiklar organizimdagi zararli mikroblar bilan birga, ko`pincha ichakdagi foydali bakteriyalarni ham nobud qiladi. Bu esa ovqat hazm qilish tizimida muammolarga olib keladi. Probiotiklar bunday paytda organizmga yordam beradi.

Dorini qabul qilish tartibi. Ushbu preparatlarni ovqatdan oldin yoki keyin, shuningdek, nima bilan ichish kerakligiga doir ko`rsatmalarni mutaxassis yoki dorining yo`riqnomasidan aniqlashtiring.

Davolash kursi vaqtida parhezga amal qiling. Alkogol, nordon mahsulotlar, dudlangan va sho`r taomlarni iste`mol qilmang.

Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar