Prezident Shavkat Mirziyoev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan bugun, 19 avgust kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo`nab ketdi.
Davlat rahbari Budapesht shahrida Vengriya Bosh vaziri bilan muzokara o`tkazadi.
Vengriyaning davlat bayrami – avliyo Ishtvan kuniga bag`ishlangan tadbirlarda ishtirok etish hamda engil atletika bo`yicha jahon chempionatining final bellashuvlarini kuzatish rejalashtirilgan.
19.08.2023 14:11
Prezident Vengriyaga jo`nab ketdi






