AsosiyJamiyat

Metroning 2 bekati 4 oyga yopiladi

'Metroning 2 bekati 4 oyga yopiladi'ning rasmi

Toshkent shahridagi metroning “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 26 avgustidan boshlab 4 oy muddatga yopiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

Yunusobod yo`nalishidagi poezdlar harakati “Shahriston” va “Ming O`rik” bekatlari oralig`ida odatiy tarzda harakat davom etadi va bu yo`nalishda poezdlar harakati oraliq vaqti (interval) 5 daqiqagacha qisqartiriladi.
Yo`lovchilarga noqulaylik tug`dirmaslik maqsadida, “Turkiston-Yunusobod–Shahriston” metro bekatlari oralig`ida bepul xizmat ko`rsatuvchi katta sig`imli avtobuslar (metrobus) harakati yo`lga qo`yiladi.

Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tongi 06:00 dan tungi 00:00 ga qadar amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar