Xurshid Abdukarimovich Usmonov Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, kecha, 18 avgust kuni Xalq deputatlari Qamashi tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tgan. Unda tashkiliy masala ko`rib chiqilgan. Xususan, sessiya davomida deputatlar Xurshid Usmonovni Qamashi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlagan.
Usmonov 1979 yil Kasbi tumanida tug`ilgan. Ma`lumoti oliy. Toshkent davlat texnika universitetining bakalavriat va magistraturasini, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
U tayinlovga qadar viloyat "Qashqadaryo suv ta`minoti” mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida ishlayotgan edi.






