AsosiyDunyo

AQShda 9 yoshli bola 6 yoshli bolani otib o`ldirdi

'AQShda 9 yoshli bola 6 yoshli bolani otib o`ldirdi'ning rasmi

AQShning Florida shtatida 9 yoshli bola uydan topib olgan to`pponcha bilan 6 yoshli bolaning boshiga o`q uzdi, deb xabar bermoqda CNN.

Dushanba kuni bola kasalxonaga yotqizilgan va ko`p o`tmay vafot etgan. Voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilyapti.

Otishma vaqtida uyda katta yoshli kishi bo`lgan va u so`roq qilingan. Polisiya zo`ravonlik alomatlari yo`qligini aytdi. Hozircha hech kim javobgarlikka tortilmagan.

Gun Violence Archive ma`lumotlariga ko`ra, joriy yilda AQShda 1114 dan ortiq 17 yoshgacha bo`lgan bolalar va o`smirlar o`qotar qurollardan o`ldirilgan, yana 3065 bola jarohatlangan. Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari ma`lumotlar bazasiga ko`ra, 2021 yilda 1 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bolalar o`limining taxminan 19 foizi o`qotar qurol tufayli sodir bo`lgan.

2020 yilda AQShda boshqa sabablardan ko`ra bolalar ko`proq o`q jarohatlaridan o`lgan. Hatto o`qdan halok bo`lganlar soni yo`l-transport hodisalari qurbonlari sonidan ham oshib ketgan.

    Boshqa yangiliklar