AsosiyJamiyat

Endi klasterlarning aylanma mablag`lari uchun bir yarim yil muddatga 3 trillion so`m kredit ajratiladi

'Endi klasterlarning aylanma mablag`lari uchun bir yarim yil muddatga 3 trillion so`m kredit ajratiladi'ning rasmi

Klaster tizimiga o`tilgani natijasida qisqa vaqt ichida qishloq xo`jaligida keskin o`zgarishlar qilishga zamin yaratildi.

Xususan, o`tgan olti yil ichida bir gektardan olinadigan paxta hosili 26 sentnerdan 34 sentnerga etdi.

Paxta tolasini qayta ishlash 2,5 barobar oshib, 100 foizga etkazildi, ip-kalava ishlab chiqarish – 2,2 barobar, tayyor mahsulot – 5 barobarga ortdi.

Kelgusi yilda sohadagi eksportni 1,5 barobar ko`paytirib, 5 milliard dollarga etkazish maqsad qilingan. 

Hozirda paxta to`qimachilik klasterlarida 600 mingga yaqin aholi doimiy daromad olib, mehnat qilmoqda.

Shu munosabat bilan klasterlarni moliyaviy qo`llab-quvvatlash mexanizmlari yanada kengaytiriladi.

Jumladan, klasterlarning aylanma mablag`lari uchun bir yarim yil muddatga 3 trillion so`m kredit ajratiladi.

Bundan tashqari:

- paxta va sun`iy tolani olib kelishda transport xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi;

- xom-ashyo, bo`yoq va kimyoviy vositalar, furnitura, sovutish tizimlari va aksessuarlar uch yil muddatga bojxona bojidan ozod qilinadi.
 

    Boshqa yangiliklar