Prezident hozirda kameral nazorat to`laqonli soliq tekshiruviga aylanib ketgani va bu korrupsiyaga ham yo`l ochib berayotganini ko`rsatib o`tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Endilikda kameral nazoratda tadbirkordan hujjat talab qilish yoki uni idoraga chaqirish qat`iyan taqiqlanadi.
Shuningdek, alohida ochiq-oshkora platforma yaratilib, soliqchilar ko`rsatgan xizmatlar sifatiga tadbirkorlarning o`zi baho beradigan tizim yo`lga qo`yiladi.
Shuningdek, hozirda soliqqa oid bitta huquqbuzarlik uchun tadbirkor sifatida moliyaviy jarima, jismoniy shaxs sifatida ma`muriy jarima qo`llanmoqda. Bunday amaliyot bekor qilinishi ta`kidlandi.
Tadbirkorlarga qo`llanayotgan jarimalar ular faoliyatining to`xtab qolishiga sabab bo`lmasligi zarurligi qayd etildi. Shu nuqtai-nazardan uch oyda barcha moliyaviy sanksiyalar qayta ko`rib chiqilib, adolatli me`yorlar belgilanadi.
18.08.2023 15:13
Endi O`zbekistonda kameral nazoratda tadbirkordan hujjat talab qilish yoki uni idoraga chaqirish qat`iyan taqiqlanadi






