AsosiyJamiyat

Sanoatni rivojlantirish jamg`armasidan yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy valyutada 5 foiz, milliy valyutada 10 foiz stavkada 10 yil muddatga kreditlar ajratiladi

'Sanoatni rivojlantirish jamg`armasidan yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy valyutada 5 foiz, milliy valyutada 10 foiz stavkada 10 yil muddatga kreditlar ajratiladi'ning rasmi

Prezident raisligidagi yig`ilish davom etmoqda. 

Sanoatni rivojlantirish jamg`armasidan 1 sentyabrdan boshlab:

- yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy valyutada 5 foiz, milliy valyutada 10 foiz stavkada 10 yil muddatga kreditlar ajratiladi;

- sanoat korxonalariga 1 yil muddatgacha xorijiy valyutada 4 foiz, milliy valyutada 10 foiz stavkada aylanma mablag` taqdim etiladi. Bunda, olib kelinadigan asbob-uskuna uchun 15 foizlik avans to`lovlari ham jamg`arma tomonidan kredit qilib beriladi;

- marketing, loyihalashtirish, xorijiy mutaxassis jalb qilish xarajatlarining 20 ming dollargacha qismiga kompensasiya to`lanadi.

Bundan tashqari, sanoat ipotekasi tizimi yo`lga qo`yilib, tadbirkorlarga “tayyor biznes” shaklida ishlab chiqarish maydonlari qurib beriladi.

Jumladan, har bir viloyatda kamida 3 tadan yangi sanoat zonalari tashkil etiladi.

Sanoat zonalarida ishlab chiqarish ob`ekti ishga tushirilib, investisiya majburiyatlari bajarilgandan so`ng er maydonlarini xususiylashtirishga ruxsat beriladi.

 

    Boshqa yangiliklar