Hududlardagi kichik biznes markazlarida o`qigan tadbirkorlarning loyihalarini eng qulay shartlarda moliyalashtirish yo`lga qo`yiladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bunda, kichik biznes loyihasining 10 foiziga tadbirkor investisiya kiritsa, 45 foiziga “Biznesni rivojlantirish banki”ning o`zi, qolgan 45 foizi uchun davlat ko`magida resurs yo`naltiriladi.
Kreditlar tadbirkorlarga 5-7 yil muddatga imtiyozli shartlar asosida beriladi. Ushbu mablag`larning 150 million dollari bo`yicha kredit liniyalari 1 oktyabrdan ochiladi.
O`z biznesini yo`lga qo`ya olgan, “kredit va soliq tarixi” toza bo`lgan tadbirkorlarga faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish uchun kredit olishda garov talabi 50 foizga kamaytiriladi.
Shuningdek, loyiha doirasida olib kiriladigan asbob-uskunani sug`urtalash, xom-ashyo va materiallarni sertifikatlash xarajatlari markazlar tomonidan qoplab beriladi.
Umuman, dasturda ishtirok etayotgan kichik biznes korxonalari faoliyatini uch yilgacha tekshirishga yo`l qo`yilmaydi.
18.08.2023 13:24
Kreditlar tadbirkorlarga 5-7 yil muddatga imtiyozli shartlar asosida beriladi






