AsosiyJamiyat

O`zbekiston aeroportlarida "yashil" va "qizil" yo`laklar bekor qilinib, masofaviy bojxona nazorati o`rnatildi

'O`zbekiston aeroportlarida "yashil" va "qizil" yo`laklar bekor qilinib, masofaviy bojxona nazorati o`rnatildi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston xalqaro aeroportlarining jo`nab ketish terminallarida ikki — "yashil" va "qizil" yo`lakli boshqaruv tizimlari bekor qilindi. Ularning o`rniga xalqaro standartlarga muvofiq masofaviy bojxona nazorati o`rnatildi va bu chegaradan o`tish vaqtini 3 barobarga qisqartirish imkonini beradi.

Shunday qilib, joriy etilgan yangilik nafaqat yo`lovchilarning vaqtini tejaydi, balki davlat nazoratining takroriy shakllarini, masalan, qo`l yukini tekshirishni qisqartiradi. Bu faqat aviasiya xavfsizligi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi, ular olib chiqish taqiqlangan yoki notmadan oshib ketgan tovarlar, shuningdek, naqd milliy va xorijiy valyuta aniqlanganda bojxona organlari xodimlarini nazorat uchun taklif qiladilar.

Masofaviy bojxona nazorati tizimi inspektorlarga kuzatuv kameralari orqali jo`nab ketayotgan yo`lovchilarni masofadan turib kuzatish va parvoz ma`lumotlarini tahlil qilish, qo`shimcha aloqalarni bartaraf etish va yo`lovchilar harakatini cheklamaslik imkonini beradi.

Aeroport terminallarining butun perimetri bo`ylab o`rnatilgan kameralar Bojxona qo`mitasi xodimlariga real vaqt rejimida masofadan turib vaziyatni kuzatish va faqat alohida yo`lovchilarni tekshirish imkonini beradi. Selektivlik tamoyilidan kelib chiqqan holda, bojxona qoidalari buzilgan taqdirda, shuningdek, xavfni boshqarish tizimi ko`rsatmasi bo`yicha yo`lovchilar va ularning qo`l yuklari aviasiya xavfsizligi qoidalariga muvofiq belgilangan tartibda ko`rikdan o`tkaziladi.

Aytish joizki, yangi texnologiyani joriy etish va bojxona zonasidan o`tishni soddalashtirish to`g`risidagi qaror mamlakat aeroportlarida yo`lovchilar oqimi ortib borayotgani munosabati bilan, shuningdek, O`zbekistonning turistik jozibadorligini oshirish maqsadida qabul qilingan.

    Boshqa yangiliklar