AsosiyJamiyat

Isroilda ishlashni xohlovchilarga takliflar bor

'Isroilda ishlashni xohlovchilarga takliflar bor'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Isroilda uyda parvarishlash sohasiga fuqarolarni ishga taklif etmoqda.

Nomzodlar uchun talablar:

Izoh: ayol nomzodlarga ustunlik beriladi.

  •  25-45 yosh oralig`ida;  
  •  Bo`yi kamida 1,5 metr va vazni kamida 45 kg;  
  •  parvarishlash bo`yicha O`zbekistonda tan olinadigan va nazorat qilinadigan kamida 240 soatlik o`quv kursini tugatganini tasdiqlovchi sertifikat;
  •  tibbiyot kolleji yoki boshqa o`quv markazlarida kamida 18 oylik hamshiralik ishi kursini tugatganini tasdiqlovchi diplom;
  •  O`zbekistonda akkreditasiyadan o`tgan o`quv muassasasida fizioterapiya kursini tugatganini tasdiqlovchi diplom;
  •  ingliz va rus tilini o`rta darajada bilishi;
  •  kamida 9 yillik o`rta ta`lim maktabini tugatganini tasdiqlovchi shahodatnoma;
  •  ilgari Isroilda ishlamagan bo`lishi;
  •  Isroilda ishlayotgan yoki yashayotgan turmush o`rtog`i, ota-onasi yoki farzandlari bo`lmasligi;
  •  jismonan va ruhan sog`lom (sil, gepatit, sifilis, gonoreya va OITS bilan kasallanmagan) bo`lishi hamda jismoniy parvarish ishlarini bajarishga qodir, giyohvandlik yoki spirtli ichimliklarni iste`mol qilmasligi;
  •  sudlanmagan;
  •  O`zbekiston fuqaroligi;
  •  COVID-19ga qarshi emlangan, karantin talablariga rioya qilish.
  • Oylik maosh: 5300 shekel (1500 AQSh dollar)
  • Ish vaqti: o`zgaruvchan

Isroil tomoniga xizmatlar savati (1000 AQSh dollari), aviachipta, viza, Agentlik to`lovi, yashash xarajatlari fuqaro hisobidan.

 Quyidagi havola orqali ro`yxatdan o`tish mumkin.

Quyidagi manzillarda Isroilda qariyalarni parvarishlash sohasi bo`yicha mutaxassislar bilan suhbatlar tashkil etiladi:

17-avgust kuni Farg`ona shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi  

 73 244-40-01; (94) 075-15-12.

20-avgust kuni Nukus shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi  

 55 102-53-32, 55 102-53-34.

23-avgust kuni Qarshi shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi  

️ 55 403-12-82.

25-avgust kuni Buxoro shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi  

️ 65 226-56-99, 93 966-99-59.

29-avgust kuni Samarqand shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi  

️ 66 233-24-00, 66 233-53-00.

7 sentyabr kuni Toshkent shahri

Olmazor kasb-hunarga o`qitish markazi. Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Umid ko`chasi 16-uy.

️ 66 233-24-00, 66 233-53-00.

    Boshqa yangiliklar